Soʻxda ruhiy barqarorlikni taʼminlovchi treninglar oʻtkazildi

0
2367

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Soʻx garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilarining ruhiy barqarorligini taʼminlovchi bir qator treninglar oʻtkazildi.
Harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligi taʼminlansa, xizmat faoliyatida unumdorlik boʻlishi, tezkor qaror qabul qilishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi aytib oʻtildi.
Shundan soʻng amaliy jarayonlarda bir qator psixologik oʻyinlar oʻtkazildi. Har bir masʼul muammoli vaziyatlarni oʻz oʻrnida aniqlab, bartaraf etishga kirishsa, bu maqsadga muvofiqdir.

Manaviy, ruhiy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida oʻtkazilishi davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati