“Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokama etildi

0
3961

Bugungi davrda Yangi Oʻzbekiston “Inson qadri ustuvor boʻlgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim gʻoya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulugʻvor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.

Shu munosabat bilan, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” loyihasi amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Markaziy harbiy okrugining boshqaruv apparatida va barcha garnizonlarida harbiy qism va muassasalarida ushbu loyihaning mazmun mohiyati va hamda kelgusi istiqboldagi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.

Unda viloyatlardagi taniqli fan arboblari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda okrug qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshiriladigan islohotlarni keng koʻlamda davom ettirish maqsadida kelgusi yillarda yettita ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar belgilab olinganligi va bu yoʻnalishlarning maqsadlari xususida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Oʻtkazilgan seminarlar davomida harbiy xizmatchilar oʻrtasida ayniqsa yettinchi yoʻnalish, yaʼni mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish yoʻnalishi keng muhokama etildi.

Xulosa qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda yettita ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar belgilab olinadi va xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshiriladigan islohotlar keng koʻlamda davom ettiriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati