Qarshi shahrida ham harbiy parad bo‘lib o‘tdi

0
2638

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar -Vatan himoyachilari kuni respublikamizning barcha hududlarida keng ko’lamda tantanali ravishda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan Qarshi shahrida ham Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug , Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kabi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari tantanali paradda markaziy ko’cha bo’ylab marsh yurishdi.

Saf oldida Amir Temur siymosi gavdalantirilgan otliq lashkarlarning borishi bugunning harbiylari ajdodlarga munosib ravishda ular ortidan borayotganining ramziy ma’nosini aks ettirdi. Shuningdek, qudratli harbiy texnikalar namoyishi ko’chalarda to’plangan minglab aholi vakillari hayratiga sabab bo’ldi. Ayniqsa, bayram tadbirlarini kuzatayotgan yoshlar ko’zidagi shijoatdan Vatanga muhabbat va harbiy kasbga nisbatan havas hislarini sezish mumkin edi.

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati