Farg‘ona markaziy ko‘chalari bo‘ylab bayram shukuhi

0
2402

Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona markaziy ko‘chalari bo‘ylab Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, Farg‘ona yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va hamkorlikdagi tuzilmalar bilan birgalikda 1100 metr uzunlikdagi davlatimiz bayrog‘i olib o‘tildi.

Marsh yurish asnosida bu bayramga yig‘ilgan aholiga bayram shukuhini va milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg’usini ulashdi.

Davlatimiz bayrog‘i ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tilar ekan, yoshlarning harbiy akalariga havas ko‘zlari bilan qarab turganini ko‘rishimiz mumkin edi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati