“Vatanimga tayanchman”

0
1230

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar yurtimizning har bir hududida o‘tkazib kelinyapti. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashida “Vatanimga tayanchman” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkilotning viloyati kengashi rahbari va mutaxassislari hamda bir guruh sportchi yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi raisi podpolkovnik Zufarjon Yusupov yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan to‘liq javoblar olishdi.

Tursunoy BOQIYEVA,
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy komunikasiyalar
universiteti Harbiy jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi