Vatanparvarlik karvoni Buvayda tumanida

0
883

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi mutasaddilari, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi mas’ullari hamda aholi va yoshlar ishtirok etdi.
Harbiy xizmatchilarning turli jangovar chiqishlari namoyish etildi. Qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmalaridan yoshlar milliy armiyamiz haqida bir qator ma’lumotlar oldi.
Tadbir davomida besh muhim tashabbus ijrosi doirasida “Men sog‘lom turmush tarziga amal qilaman” shiori ostida turli musobaqalar ham o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar yoshlarning vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati