Yoshlar qoʻmondon bilan uchrashdi

0
2365

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyatidagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari va faollari bilan uchrashdi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlar bilan ushbu tadbirlar orqali koʻrishib turganidan mamnun ekanligini bildirib oʻtdi.

Yoshlar qoʻmondon bilan ochiq, dildan samimiy suhbat qurdi. Masʼul ofitser kishi qaysi kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yoʻlida xizmat qiladigan yetuk kadr boʻlib yetishishi lozimligini misollar orqali taʼkidlab oʻtdi. Ayniqsa harbiylik kasbini egallash uchun har bir insondan bilim, iroda va kuch talab qilinishini yoshlarga tushuntirib oʻtdi.

Shundan soʻng tadbirda oʻquvchi yoshlar tomonidan qiziqarli savollar berildi va unga okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan yoshlarga aniq va tushunarli qilib javoblar berdi hamda faol qatnashgan bir guruh yoshlarni tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini oshirib, ularning ona Vatanga boʻlgan mehr-muhabbatini shakllantirishiga xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati