Navoiyda kuch tuzilmalarining hamkorligida festival tashkil etildi

0
2372

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida viloyatdagi kuch tuzilmalarining hamkorligida “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” va “Vatan – aziz, jasorat mangu” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Unda Mudofaa vazirligining Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalaridagi harbiy xizmatchilar, faxriylar, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Madaniyat boshqarmalari hamda navbahorlik aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Soʻz olganlar Navbahor tumanida tugʻilib oʻsgan va Qurolli Kuchlarimizda munosib xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni eʼtirof etib, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan navbahorlik oʻgʻlonlarning xotirasini yod etishdi.

Shundan soʻng aholi va yoshlar uchun kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festival doirasida tashkil etilgan jangovar texnika va qurol-aslahalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi, faxriy qorovul koʻrgazmali chiqishlari va qoʻl jangi sahnasi hamda kinologiya xizmati itlarining chiqishlari yigʻilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati