Zamonaviy bino va inshootlar qulay va manzur bo‘lmoqda

0
1290

Davlatimiz tomonidan mudofaa tizimiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, turli yangi obʼektlar qurilib, eskilari taʼmirlanib, zamonaviy koʼrinishga keltirilayotgani quvonarli.
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati Qorakoʼl tumani mudofaa ishlari boʼlimi maʼmuriy va chaqiruv punkti binolarining topshirilishi ham bayramga munosib tuhfa boʼldi.

Tantanali marosimda soʼz olgan Buxoro viloyati hokimligi, Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug vakillari barchani bayram bilan tabriklab, topshirilayotgan binolar davlatimizning mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.
Bunyod yetilgan zamonaviy binolar endilikda Qorakoʼl tumani koʼrkiga koʼrk qoʼshsa, undagi qulay shart-sharoitlar faoliyat yurituvchilarning ish unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati