Andijondagi Prezident maktabida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
1083

Vatan himoyachisi, deganda sarhadlar daxlsizligi uchun jonidan-da kechishga tayyor insonlar gavdalanadi. Vatanning ana shunday fidoyi himoyachilari – Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizoni bir guruh harbiy xizmatchilari bugun yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida Andijon viloyati bo‘ylab ko‘pgina tadbirlar tashkil etmoqda.

Jumladan, Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi Prezident maktabi o‘quvchi yoshlari uchun vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar bilan samimiy suhbat qilindi. Jangovar texnikalar va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orketr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlari yoshlarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati