Namanganda askar onalari sharaflandi

0
2310

Namangan garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qoraqalpogʼiston Respublikasida oʼz xizmat majburiyatini bajarayotgan muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan oʼgʼlonlar va ularning ota-onalarining videokonferentsiya orqali diydorlashuvi hamda “Аskar onalarini sharaflaymiz” tadbiri boʼlib oʼtdi.
Unda Namangan viloyatidan chaqirilgan va Qoraqalpogʼiston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan oddiy askarlarning ota-onalari va aka ukalari oʼzaro onlayn diydorlashishdi.


Muloqot davomida ota-onalar va muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari harbiy xizmatni oʼtayotgan farzandi bilan faxrlanishi va kelgusida ham Vataniga, xalqiga sadoqatli boʼlishini aytib oʼtdi.
Tadbir soʼngida ota-onalarga qism qoʼmondonligi tomonidan esdalik sovgʼalari va tashakkurnomalar berildi.
Shundan soʼng ota-onalar va muddatli harbiy xizmatchilarning yaqinlari harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Ular bugungi kunda milliy armiyamiz yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabiga aylanganidan mamnun ekanliklarini bildirib oʼtishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati