Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi

0
904

Unda Qashqadaryo viloyat harbiy-sport o‘quv markazi Shahrisabz tuman filiali va hududdagi 68-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarning harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarni milliy armiyamizdan faxrlanish, g‘ururlanish hissini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

   

Sayohat davomida davra suhbati, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar va yoshlar hayoti aks ettirilgan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati