Vatanparvarlik karvoni yangi qiyofadagi mahallada

0
1080

Fargʻona shahridagi yangicha va koʻrkam qiyofa kasb etgan “Shodiyona” mahallasida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, viloyat hokimligi va sektor vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat kengashi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizoni harbiy xizmatchilari va harbiy orkestr jamoalari ushbu festivalda oʻz chiqishlari bilan yoshlar qalbidan joy oldi.

Tadbirda milliy armiyamizda xizmat qilayotgan yurt posbonlarining jasorati, sadoqati unib-oʻsib kelayotgan yoshlarga ibrat ekani aytib oʻtildi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar va koʻrgazmali qoʻl jangi chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Undan tashqari, milliy armiyamizning zamonaviy harbiy texnikalari va qurol-aslahalar namoyishi ham boʻlib oʻtdi.

Harbiy orkestrning turli vatanparvarlik kuy-qoʻshiqlari tadbirga oʻzgacha fayz ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati