Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda qutlugʻ sana

0
789

Kattaqoʻrgʻon shahridagi madaniyat markazida harbiy qism tashkil etilgan sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlugʻ sana bilan tabriklab, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.

Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik oʻquv mashgʻulotlarida, umumarmiya oʻyinlarida qolaversa, xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, Oʻzbekiston bayrogʻi baland koʻtarilishiga munosib hissa qoʻshganligini eʼtirof etishdi.

Sana munosabati bilan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida turli koʻrik tanlovlarda faol ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan bir guruh harbiylar oilasiga ham esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir yakunida Kattaqoʻrgʻon shahar madaniyat boʻlimining sanʼatkorlari hamda quvnoq harbiylarning bayram dasturlari barchaga bayram shukuhini ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati