Samarqandda harbiy xizmatchilar oʻrtasida yurish va yugurish marafoni oʻtkazildi

0
575

Markaziy harbiy okrugining Samarqand, garnizonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligiga bagʻishlab “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” aksiyasi doirasida yurish marafoni oʻtkazildi.

Marafonda garnizondagi barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar qatnashdi. Harbiy orkestr jamoasining ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar bilan boshlangan mazkur marafon oldidan ishtirokchilar tongi badantarbiya mashgʻulotlarini oʻtashdi.


Shundan soʻng, okrug qoʻmondonligi, harbiy qism komandirlari, tashkilot va muassasalarining vakillari hamda yoshlar davlatimiz bayrogʻini baland koʻtarib belgilangan masofaga marsh yurib, masofani bosib oʻtishdi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida yugurish marafoni ham oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati