Farg‘onada qahramonlarni hokim va qo‘mondon tabrikladi

0
820

Farg‘ona viloyati hokimi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, viloyatdagi kuch tuzilmalari rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.

Unda Prezidentimizning bayram tabrigini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘qib eshittirdi va faxriylarga moddiy hamda ma’naviy ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni qahramonlarimizni yangi yil bayrami bilan tabriklab, bayramona sovg‘alar ulashdi.

Qahramonlarimizning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestr jamoasi ham o‘zlarining vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi. Bu esa yoshi ulug‘ otaxonlarimiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Bunday saxovatli tadbirlar vodiy bo‘ylab hokimlik va idoralar rahbarlari bilan hamkorlikda davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati