Faxriylarga ehtirom, shifokorlarga shodlik ulashildi

0
544

Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i polkovnik Sh. Mamajonov rahbarligidagi harbiy xizmatchilar hamda Mirzo Ulug‘bek tumani mudofaa ishlar bo‘limi vakillari hamkorlikda Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Nikolay Pechenkin, Violita Kopbek, Nina Sokovova, Nikolay Fominlarning holidan xabar olib, bayram munosabati bilan yo‘llangan Prezident sovg‘alarini, “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni, dori-darmon sotib olish imkoniyatini beruvchi 1 000 000 so‘mlik sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, akademiya jamoasi tomonidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi markazida yangi yil bayrami tashkillashtirildi. Markaz ishchi-xodimlari va bolajonga sovg‘alar ulashildi.

Qorbobo kiyimlarini kiygan akademiya harbiy orkestr jamosi va ularning kuy-qo‘shiqlari bayram ishtirokchilari qalbini shodlikka to‘ldirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti