Vatan fidoyilarining yaqinlari holidan xabar olindi

0
559

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan safdoshlarining oila a’zolari holidan xabar oldi va bayram bilan tabrikladi.

Dastavval harbiy xizmatchilar Ilhom Jo‘raevning oilasida bo‘lib, ular bilan suhbat qurishdi va moddiy yordam taqdim etdi. Harbiy xizmat vaqtlari va odatlari esga olindi.

Shundan so‘ng Faxriddin Umarov xonadoniga borildi. Farzandlari va oila a’zolari bilan suhbat chog‘ida farzandlarining, “Men ham Vatan himoyachisi bo‘laman”, – degan so‘zlari qalblarni jumbushga keltirib, faxr tuyg‘usini bag‘ishladi. Harbiy xizmatchilar marhumning oila a’zolariga sovg‘alar taqdim etilib, yangi yil bayrami bilan tabrikladilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati