Qashqadaryoda yilning eng faol ma’naviyat fidoyilari taqdirlandi

0
515

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Ushbu maqsadlar mushtarakligi o‘laroq yil davomida o‘zining yuksak fazilati, jonkuyarligi va iste’dod qirralari bilan aholi orasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan fidoyi insonlar mehnati qadrlandi. Ya’ni keng jamoatchilik vakillari, ijtimoiy institutlar orasida so‘rovnomalar o‘tkazish orqali Qashqadaryo viloyatining madaniyat, ma’naviyat-ma’rifat, san’at va adabiyot sohasining yetuk vakillari orasidan ma’naviyat fidoyilari aniqlab olindi.
Bir guruh madaniyat va san’at vakillari qatorida O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviasiya bilim yurti madaniyat markazi boshlig‘i kichik serjant J.Jamilov ham munosib taqdirlandi.

Kichik serjant J.Jamilov madaniyat sohasida faolligi, yosh avlodni madaniyat va san’atga o‘zgacha yo‘nalishda targ‘ibot etishdagi yutuqlari uchun ushbu sovringa loyiq ko‘rildi.
Barcha sovrindorlarga viloyat hokimi Murotjon Azimov esdalik sovg‘alar va diplomlar topshirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti