Urush faxriysi Ochil bobo Jabboroning ko‘nglini shod etgan uchrashuv

0
549

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qo‘mondonligi, Samarqand shahar mudofaa ishlar bo‘limi va shahar xokimligi vakillari hamkorlikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ochil bobo Jabborov holidan xabar oldi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 1923 yilda tug‘ilgan urgutlik Ochil bobo 1943-1945-yillarda fashizimga qarshi kurashib, mardonavor jang qilgan. Urushdan so‘ng o‘qituvchilarni tayyorlash kursida o‘qib, oddiy o‘qituvchilikdan maktab direktorigacha bo‘lgan pog‘onalarni o‘z mehnati bilan bosib o‘tgan.

Bir piyola choy ustida kechgan dilkash suhbat davomida 100 yoshni qarshilayotgan Ochil bobo mehmonlarga urushda kechgan xotiralaridan so‘zlab berdi va harbiy xizmatchilarga qarab, o‘zining yoshligini ko‘rgandek bo‘ldi hamda mehmonlar tashrifidan juda ham shod bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Jabborov Ochil boboga Mustaqilligimizning 30 yilik ko‘krak nishoni, Prezidentimiz tomonidan dori-darmon uchun ajratilgan pul mablag‘i sertifikati va Mudofaa vazirligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi hamda Prezidentimizning yangi yil bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

E’tibordan va Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlaridan Ochil boboning ko‘ngi tog‘dek ko‘tarildi.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV