Namanganda ham urush faxriysiga sovg‘a-salomlar yetkazildi

0
531

Namangan viloyati Pop tumani, “Chorkesar” mahalla fuqarolar yig‘ini, Guliston ko‘chasidagi 10-uyda yashovchi Mirzorahim ota Abdurahimov Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zining egilmas matonati, jasorati bilan o‘zini namoyon qilgan.

Mirzarahim otaga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi arafasida va yangi yil munosabati bilan Prezident sovg‘asi topshirildi.

Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan faxriylarga pul mukofoti hamda dori-darmonlar yetkazib berildi. Faxriyga bayram munosabati bilan Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati