Yoshlarni ruhlantirgan uchrashuvlar

0
525

Mudofaa vazirligining Аndijon viloyati Xonobod shahri va Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismlarida yoshlarni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida vatanparvarlik oyligi doirasida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida tadbirlar oʼtkazildi.
Qoʼmondonlik masʼul ofitseri podpolkovnik Islombek Orziqulov boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar Xonobod shahrida joylashgan 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʼlib, u yerda yoshlar bilan davra suhbati va ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etishdi.


Tadbir davomida mahorat darsi oʼtkazildi va ustoz ofitserlar koʼp yillik xizmat faoliyati davomida erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarini soʼzlab, yoshlarga motivatsiya berishdi.
Yakunda sinfga tashrif buyurgan qorbobo oʼquvchi yoshlar uchun haqiqiy bayram sovgʼasi boʼldi.
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ham harbiylarning tashabbusi bilan bayram tantanalari keng nishonlandi.
Tadbir “Sogʼlom hayot uchun 5 000 qadam” marafoni bilan boshlandi. Zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʼrigi, harbiy xizmatchilarning saf va qoʼl jangi chiqishlari yoshlarda iliq taassurot qoldirdi.

Mudofaa vazirligi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti