Nukusdagi SChR xizmatchilari “Bilimdonlar arenasi” g‘olibiga aylandi

0
481

Mamlakatimizda jadal olib borilayotgan “Oʻzbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida uyushmagan yoshlar ishtirokida Nukus shahrida oʻtkazilgan “Bilimdonlar arenasi” intellektual oʻyinida Nukus garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi (SChR) batalyoni xizmatchilari mutlaq gʻolib boʻldi.

Aql-zakovat bellashuvida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 17 ta tuman va shahardan jamoalar oʻzaro bilim va salohiyatda kuch sinashdi. Bundan avval, intellektual oʻyinning Nukus shahar bosqichida gʻalaba kuchgan SChR batalyoni xizmatchilar muvaffaqiyatli ishtiroki bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani bois, finalda “Vatan posbonlari” jamoasi nomidan Nukus shahar sharafini munosib himoya qildi va bu yerda ham zafar quchdi.

Viktorina shohsupasining ikkinchi pogʻonasidan Nukus tumanining “Aqmangʻit” jamoasi joy olgan boʻlsa, kuchli uchlikni Kegeyli tumanining “Jayxun” jamoasi yopdi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar, shuningdek bellashuvda faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati