Harbiy xizmatchilar imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olishdi

0
482

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari  Pop tumanidagi muruvvat uyida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi.

Ularga hurmat-ehtirom bilan bir qator zaruriy anjomlar ham ulashildi. Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar muruvvat uyi hovlisidagi yerlarga ishlov berib, yangi nihollar ekish va obodonchilik ishlarini olib bordi.

Harbiy hizmatchilarning ushbu savobli ishlariga muruvvat uyi xodimlari katta minnatdorchilik bildirdilar.

Muruvvat uyida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz bilan suhbat qurar ekanmiz, ular harbiylarga hurmati yuksak ekanini bildirib o‘tishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati