Maktab internatda vatanparvalik taronalari

0
495

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiylar va yoshlar ishtirokida ko’plab tadbirlar o’tkazilmoqda.
Farg’ona shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida ham harbiy orkestr ishtirokida vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbir avvalida maktab tarbiyalanuvchilari o’zlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi. Shundan so’ng harbiy orkestr tomonidan davlatimiz madhiyasi ijro etildi.
Tadbir davomida harbiy orkestr tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi turli kuy-qo’shiqlari ijro etildi.

Farg’ona shahridagi musiqa maktabining o’quvchi yoshlari ham iste’dodlarini namoyish etishdi.
Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, vatanga bo’lgan muhabbat hislarini oshirishga xizmat qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati