Qo‘qonda yoshlar ishtirokida festival bo‘lib o‘tdi

0
584

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida Qo‘qon shahrida “Yoshlar forumi – 2021” doirasida vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Forumda yoshlar bilan turli viktorina o‘yinlari tashkil etildi. Harbiy xizmatchilarning turli ko‘rgazmali va jangovar chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Yoshlar o‘rtasida ko‘cha sporti “Street workout”dan musobaqalar ham tashkil etilib, ushbu musobaqani harbiy xizmatchilar baholab bordi.

Harbiy qurol-aslahalar va texnikalar ko‘rgazmalari yoshlarda milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqish yanada ortishiga xizmat qildi va bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Qo‘qon yoshlarini birlashtirgan ushbu festival yoshlarning Vatanni sevish, qadrlash va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir yakunida yoshlar harbiy akalarining tashrifidan mamnun ekanini bildirib o‘tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati