Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!

0
764

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Ozod O‘zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat gerbi, Davlat bayrog‘i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois davlatimiz madhiyasi yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Jizzax shahridagi “Mustaqillik maydoni”da joylashgan bayroq majmuasida harbiy xizmatchilar, chaqiriluvchi yoshlar, o‘quvchilar ishtirokida “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati