Chirchiqda korruptsiya va uning salbiy oqibatlariga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi

0
898

Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik-muhandislik bilim yurtida «Korruptsiyaga qarshi kurashishga barchamiz masʼulmiz» mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Unda Chirchiq harbiy prokurori katta yordamchisi, adliya mayori S. Kalendarov, bilim yurti yuridik xizmati boshligʼi, adliya podpolkovnigi Z. Irsaliev hamda muassasaning gumanitar fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi T.Normetovlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etib, ishtirokchilarga korruptsiya va uning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushinchalar berib oʼtdi.


Seminar savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi. Oʼz navbatida maʼruzachilar ham ishtirokchilarga holatlar yuzasidan mantiqiy savollar yoʼllab, seminarning jonli tarzda oʼtishini taʼminladi.
Mantiqiy savollarga misollar orqali javob bergan ishtirokchilar korruptsiyadek illatga qarshi oʼz pozitsiyasiga ega ekanligini isbotladi.

Sherzod ShАRIPOV, Mudofaa vazirligi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti