Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi

0
744

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mudofaa vazirligi hamkorligida Buxoro viloyati Qorovulbozor hamda Qorakoʻl tumanlarida joylashgan harbiy qismlar shaxsiy tarkibi, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etildi.

Tibbiy koʻriklar asosan onkologik kasalliklarining oldini olishga qaratilgan bo‘lsada tekshiruvlar davomida  pediatr, onkomammolog, travmatolog, terapevt, onkoginekolog, dermotolog, stomotolog, oftalmolog, lor, nevrolog, endokrinolog kabi shifokorlar ko‘rigi tashkil etildi, UTT va EKG tekshiruvlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda jami 250 nafarga yaqin oilalar ishtirok etib, ayrim murojaatchilarga respublika tibbiyot markazlarida statsionar va ambulator davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Tibbiy koʻrikdan soʻng harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga Mudofaa vazirligining “Call markazi” amaliy psixolog mutaxassislari tomonidan psixologik davra suhbati tashkil etildi.