Harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan joylarda “Uch avlod uchrashuvlari” oʻtkazildi

0
485

Jizzax shahridagi Sharof Rashidov uy muzeyida uzoq yillar mudofaa tizimida faoliyat yuritgan va harbiy xizmat mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan faxriylar, oʻrta yosh avlod vakillari hamda shijoatli, iqtidorli yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov hayot va ijodi to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Yoshlar ham muloqot davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. 

Shuningdek, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti hamda Karmana tumanidagi “Ishonch” bolalar oromgohida ham shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.

Harbiy orkestr ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar hamda faxriy qorovulning saf chiqishlarini bolajonlarni yanada ruhlantirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati