Taxiatoshlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

0
1349

Mudofaa vazirligiga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qismda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Nukus harbiy prokurori hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondoni va Taxiatosh tumani hokimi soʻzga chiqib, yoshlar orasida Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, yot gʻoyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashni keng targʻib qilishda harbiy xizmatchilarning oʻrni va roli haqida soʻz yuritdilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir davomida oʻquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblarga ega boʻlishdi.

Tadbir soʻnggida respublika va xalqaro turnirlarda yuqori natijalar koʻrsatib kelayotgan bir guruh yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.