Aloqa harbiy institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

0
386

O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish hamda Vatanga sodiqlik, milliy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish kabi tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida Zangiota tumani 1-sektor faollari hamda yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, Zangiota tuman hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar va tuman yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv sinflari, ilmiy tadqiqotlar labaratoriyalari, shuningdek, institutda amalga oshirilgan yangi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishib, Sohibqiron Amir Temur va Sulton Jaloliddin Manguberdi tematik o‘quv xonalarida harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti