Xalqaro islom akademiyasida harbiy xizmatchilar uchun oʻquv kurslari boshlandi

0
2436

Davlatimiz mustaqilligi, uning hududiy xavfsizligi va xalq osoyishtaligini taʼminlashda mafkuraviy kurashning oʻrin juda muhim. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ongiga yot gʻoyalarga, diniy, madaniy hamda maʼrifiy merosimizga uyushtirilayotgan tajovuzlarga mafkuraviy immunitetni oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Internet va IT texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borar ekan mafkuraviy kurashning yangi-yangi sohalarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Har bir sohada boʻlgani kabi milliy armiyamiz safida ham ana shunday yot gʻoyalarga qarshi kurashning turli mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ulardan biri – ofitser kadrlarning diniy bilimini oshirish uchun tashkil qilingan doimiy oʻquv kurslaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari har yili Xalqaro islom akademiyasida 10 kunlik oʻquv kurslarida olingan bilimlari orqali mustaqilligimizni asrash, har qanday tajovuzga qarshi kurashish, yurt himoyachisi nomini sharaf bilan oqlashni chuqur singdirish – Qurolli Kuchlarimizda yuqori jangovar shaylik, barqaror axloqiy-ruhiy holat hamda shaxsiy tarkibning uyushqoqligi taʼminlanib kelinmoqda. Muntazam tashkillatirilib kelinayotgan 72 soatlik oʻquv kursida harbiy qism komandirlari, tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boʻyicha komandirlar o‘rinbosarlari tinglovchi sifatida qatnashishi yoʻlga qoʻyilgan va bugungi kunda oʻnlab harbiy xizmatchi mafkuraviy immunitetni oshiruvchi nazariy mashgʻulotlarda oʻz bilimlari oshirib bormoqda.

Navbatdagi oʻquv kursi davomida islom akademiyasining tajribali professor oʻqituvchilari tomonidan mamlakatimiz tarixida roʻy bergan birinchi va ikkinchi renesens davri va islom sivilizatsiyasining jahonda tutgan oʻrni mavzularidagi darslar oʻtilmoqda. Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida xizmat burchini oʻtayotgan ofitserlar akademiya muzeyida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma asarlarning asl hamda koʻchirma nusxalari tarixi bilan yaqindan tanishish, axborot-resurs markazida mavzuga oid maʼlumotlarni olgan holda oʻz mafkuraviy immunitetini oshirib borayotgani eʼtiborga molik. Maxsus oʻquv kursi yakunida oʻquv kursi bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamayenti