“Vatan manzumasi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari vodiy viloyatlarida

0
658

Andijon va Namangan viloyatlarining musiqali drama teatrida hamda Fargʻona shahridagi teatr va konsert saroyida “Vatan manzumasi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Madaniyat vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Elimiz suygan sanʼatkorlar, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli, Milliy gvardiya ansambli hamda xonandalar ijro etgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga xushkayfiyat bagʻishladi. Sahnalashtirilgan vatanparvarlik chiqishlari, harbiylashtirilgan sahna koʻrinishlari esa yig‘ilganlarda gʻurur va yurtga muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirishag xizmat qildi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Iqbol Mirzo va boshqa taniqli ijodkorlarning Vatanni ulugʻlovchi, mardlik va jasorat, tinchlik qadri madh etilgan sheʼrlari, shu kabi sheʼrlar asosida tayyorlangan qoʻshiqlar ijro etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati