“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik”

0
1383

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida iyun oyini “Yoshlar oyligi” sifatida nishonlash anʼana tusiga kirib ulgurgan. Har yili ushbu oyda yoshlar bilan turli xil loyihalar amalga oshiriladi, tadbirlar tashkil etiladi, sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda, Gʻuzor va Nishon tumanlaridagi otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida oʻtkazildi.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida oʻtkazilgan “Qo‘mondon kubogi” sport musobaqalarida yoshlar sportning kamon otish, arqon tortish, pichoq otish, pnevmatik quroldan oʻq otish, tosh koʻtarish, stol tennis, armrestling, shaxmat-shashka kabi turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, yuqori koʻrsatkichlarga erishgan mahallalardan tashrif buyurgan oʻgʻlonlar harbiy qism va hamkor tashkilotlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.