Jizzaxdagi oromgohlarda ham vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi

0
1003

Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida Zomin tumanidagi “Yulduzcha” hamda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Enerjy” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Bayramona ruhda boshlangan tadbirlarga dastlab harbiy orkestr jamoasi oʻzining badiiy chiqishlari bilan oʻzgacha shukuh bagʻishlagan bo‘lsa, sanʼatsevar yoshlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar esa raqslarga ulandi.

Faxriy qorovulning saf chiqishlari, qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda bolajonlar oʻrtasida tashkil etilgan turli koʻrik-tanlovlar oʻgʻil-qizlarning yozgi taʼtilni shunday koʻtarinki ruhda boshlashga sababchi bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar Jizzax viloyatida joylashgan barcha oromgohlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati