“Vatanparvarlik karvoni” Sirdaryo yoshlari davrasida

0
1098

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” etib belgilangan. Ushbu oylik doriasida oʻtkaziladigan tadbirlar yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yurtga muhabbat va daxldorlik hissini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Shu kabi ezgu maqsadlar yoʻlida kuni kecha Xovos tumanida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Vatanparvarlik karvoni” festivali oʻtkazildi. Unda Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqamalari xodimlari, Chirchiq garnizoni harbiy orkestri ishtirok etdi.

Harbiy orkestr musiqalari festivalga jamlangan yoshlarda katta taassurot qoldirdi. O‘z navbatida kelajagimiz egalari harbiy akalari bilan muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati