Jizzaxda harbiy oilalar o‘rtasida sport musobaqasi oʻtkazildi

0
757

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish mumkin. Bundan tashqari, sport turli kasalliklar, yoshlar oʻrtasidagi zararli odatlarning oldini olishda, shuningdek, yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda ham muhim oʻrin tutadi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda harbiy oilalarning sportga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida “Otam, onam va men sportchi oilamiz!” shiori ostida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirokchilar “Estafeta”, “Arqon tortish”, “Savatga toʻp uloqtirish”, “Milliy oʻyin” kabi shartlarda o‘zaro bellashishdi. Jarayonlarga koʻtarinkilik bagʻishlash maqsadida harbiy orkestr jamoasi vatanparvarlik kuy-qoʻshiqlari bilan faol ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, sport oʻyinlarida koʻrsatgan yuqori natijalari bilan mutlaq gʻolib deb topilgan harbiy oila “Qoʻmondonlik kubogi” sport musobaqasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati