Imtiyozli tavsiyanomalar o‘z egalariga topshirildi

0
2686

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, oʻz mustaqil Vataniga sodiq boʻlgan, harbiy mahoratni mukammal egallagan, malakali va yuqori intizomli harbiy xizmatchilarimizning farzandlariga imtiyoz asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berib kelinmoqda.

Shu kabi tavsiyanomalarning navbatdagisi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida o‘tkazilgan tantanali tadbir davomida o‘z egalariga topshirildi.

Tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan bugungi tadbirda oliy harbiy bilim yurti boshlig‘i polkovnik Shavkat Mamajonov soʻzga chiqib, mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga koʻrsatilayotgan eʼtibor masalalarini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shundan so‘ng 60 nafar yigit-qizga 5 foizli kvota asosida oʻqishga kirish toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga nisbatan mustahkam ijtimoiy himoyaning amalga oshirilayotgani haqida batafsil maʼlumotlar berib, barcha yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga kirishida ulkan zafarlar tiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti