Harbiy xizmatchilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

0
4011

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasiga har qachongidan ham koʻproq eʼtibor qaratilmoqda. Yurt himoyachilarining xizmat sharoitlari yanada yaxshilanib, oilalariga turli imkoniyatlar yaratib berilayotgani ham fikrimiz isbotidir.

Kuni kecha Sharqiy harbiy okrugda harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassaslariga kirish uchun tavsiyanomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda soʻz olgan okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov yoshlarga o‘z maqsadlari sari dadil qadam bosishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aytib, bunda ulardan faqat ilm egallash talab qilinayotganini alohida taʼkidladi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilarning farzandlari birin-ketin tantanali ravishda tavsiyanomalarni qabul qilib oldi. Berilayotgan bu kabi imkoniyatlar harbiy xizmatchilarning oʻz vazifasiga yanada shijoat bilan yondashishiga, ertamiz egalarida esa Vatan himoyachisining farzandi ekanidan gʻurur hislarini oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati