Viloyat markazlarida vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi

0
1199

Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarining markazida joylashgan istirohat bogʻlarida yurtdoshlarimizning kechki dam olish vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun garnizonlaridagi harbiy orkestr jamoalari sayyor konsert dasturlari namoyish etishdi.

Xususan, Jizzax shahridagi “Oʻrda” ekologik bogʻida, Samarqand shahridagi “Talabalar hiyoboni” da hamda Navoiy shahrida joylashgan “Yoshlar” istirohat bogʻlari ayni kunlarda qaynoq qalbli yoshlar bilan gavjum. Shu bois, harbiy orkestr jamoasi tashrifini maskanlardagi yoshu, keksalar yuqori kayfiyatda kutib oldi.

Turli sozlar uygʻunligida taralayotgan kuylar aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar uchun yuqori kayfiyat manbai boʻlib xizmat qildi.

Bundan tashqari harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlagna qoʻl janggi sahnalari hamda faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlarini baxtiyor oilalar, shodon bolajonlar koʻzlaridagi quvonchdan namoyish etilayotgan dasturlar barchaga birdek manzur boʻlgani yaqqol sezildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati