“Jasorat maktabi” ishtirokchilari vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda

0
1478

Farg‘ona dala o‘quv maydonida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini 1-sektorga biriktirilgan 100 nafar farg‘onalik yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rnini topish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda yurtimiz kelajagi uchun dahldorlik hissini uyg‘otishni maqsad qilgan yigʻin dasturiga asosan yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, seminarlar, jangovar va saf tayyorgarligi kabi oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilib, yoshlar unda chilangarlik, maishiy texnika qurilmalarini ta’mirlash, kompyuter savodxonligi, avtoservis xizmat koʻrsatish, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallamoqda.

Yigʻin davomida yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun musobaqalar, harbiylashtirilgan estafetalar, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari ham muntazam o‘tkazilyapti.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati