Farg‘ona garnizonida Harbiy komendaturaning yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
2872

Xotira va qadrlash kunida Sharqiy harbiy okrug Harbiy komendaturasining zamon talablariga javob beradigan, ko‘rkam va shinam ko‘rinishga keltirilgan ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, viloyat sektor rahbarlari, mudofaa ishlari boshqarmasi, huquq-tartibot organlari vakillari harbiy xizmatchilar, faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur binoda yaratilgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, bino qurilishida okrug qo‘mondonligi bilan yaqindan hamkorlik qilgan quruvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati