Samarqandda maktab o‘quvchilari uchun vatanparvarlik festivali tashkil etildi

0
977

Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar tomonidan Nurobod tumanida joylashgan “Jom” qishlog‘ida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Ushbu qishloqda joylashgan 21 va 63-maktablarda o‘tkazilgan festivallar davomida so‘zga chiqqanlar, bu kabi tadbirlar kelajak avlodni vatanparvar bo‘lib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirdilar.

Tadbirlar davomida jomlik o‘quvchi yoshlar tomonidan ustozlariga bag‘ishlangan she’rlar yod etilib, harbiy orkestr jamoalari tomonidan yig‘ilganlarga bayram konserti dasturi taqdim etildi.

Faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari va milliy musiqalaridan iborat musiqiy chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati