Xotira — abadiy, qadr — muqaddas

0
2016

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

9-may yurtimizda keng miqyosda Xotira va qadrlash kuni katta tantanalar bilan nishonlanib urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

Shu kabi an’anaga sodiq qolgan holda Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi va Toshkent shahar Faxriylar kengashi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Inson aziz, xotira-muqaddasdir” mavzusida maʼnaviy-madaniy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda universitet talabalari, Ichki ishlar akademiyasi tinglovchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi faxriylari tomonidan yurt tinchligini asrash, mustaqillikning qadriga yetish borasida qilingan maʼruzalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi faxriy qorovul jamoasi, harbiy orkestr va 170-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini chiqishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati