Urush faxriylari doimo e’zozda

0
2154

Fargʻona viloyati hokimi, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, harbiy xizmatchilar, viloyat sektor rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 102 yoshni qarshilagan urush faxriysi Tatyana Usmonova xonadoniga tashrif buyurdi.

Dastlab, yurtboshimizning yoʻllagan tabriklari oʻqib eshittirildi, so‘ng harbiy orkestr musiqalari ostida Prezident sovgʻasi, pul mukofotlari hamda qimmatbaho va esdalik sovgʻalar topshirildi. Tatyana Usmonova bunday eʼtibordan mamnun ekanligini bildirib, mehmonlar bilan dildan suhbat qildi.

Shundan soʻng, viloyat hokimi boshchiligida okrug qoʻmondoni va viloyat sektorlari rahbarlari Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi Odiljon ota Zokirov hamda Fargʻona tumanidagi urush faxriysi Tursunbek ota Isanbekov xonadonlarida boʻldilar. Otaxonlarga ham sovgʻalar topshirilib, dasturxon atrofida samimiy suhbat qurildi. Nuroniylar o‘zlarini yo‘qlab kelgan barchani duo qilib, yurtimizga tinchlik tiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati