Urush faxriylariga Prezident sovg‘alari topshirildi

0
1482

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni, viloyat hokimlari hamda sektor rahbarlari tomonidan Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Mixayil Kolmogov, Axat Achilov, Rahmat Qobilov, Rayim Yusupov hamda Boʻron Gadoyevlar, Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi Mamasharif Siddiqov, Vera Tolpeyeva hamda Xolbek Ravshanovga, shuningdek, Navoiy viloyatidagi Turdiyev Pirnazar, Tursun Ergashov, Rashida Ishqulova hamda Shukur Xomitovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi oʻqib eshittirib, sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Harbiy orkestr sadolari ostida oʻtgan tantanalarda, yuksak eʼtibor va hurmatdan koʻngli togʻdek koʻtarilgan faxriylar tinch va sosuda hayotimizga koʻz tegmasligini tilab, oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati