“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
1536

Poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda faxriy harbiylar, Mudofaa vazirligi birlashgan Kasaba uyushmalari qo‘mitasi vakillari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab sana munosabati bilan tadbir ishtirokchilari matonat ramzi hisoblanmish Zulfiya Zokirova monumenti poyiga tantanali ravishda gulchambar qo‘ydi va hurmat bajo keltirdi.

Shundan so‘ng bog‘ tasarrufidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida avlodlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqmizning front va front ortida ko‘rsatgan qahramonliklari, matonati, bag‘rikengligi hamda insoniyligi borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, keksa avlod vakillari tinchlik eng buyuk ne’mat ekani, uni qadriga yetish har birimizning burchimiz ekani hayotiy misollar bilan fikr-mulohazalar bildirdi.

Ushrashuvda, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida tinchlik uchun kurashgan qahramonlar turli obrazlarda gavdalantirildi. Yakunda ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi taronalar tadbirga yanada fayz ulashdi.

Nozima Mamatova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti