Qarshida qoʻl jangi boʻyicha “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi

0
1613

Qarshi shahrida qoʻl jangi boʻyicha “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Unda yurtimiz sportchilariga qarshi Ozarbayjon, Chexiya, Tojikiston, Shvesariya, Belarus, Qozogʻistonning qoʻl janggi ustalari maydonga tushdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov hamda Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov soʻzga chiqib, yurtimizda ushbu sport turiga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida toʻxtaldi. Musobaqani halol va shaffof tarzda oʻtishiga ishonch bildirib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shiddatli va murosasiz bahslar ishtirokchilarning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega ekanini koʻrsatdi. Quvonarlisi, sportchilar orasida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar — leytenant Qodirov Ogʻabek hamda shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Qayumov Abrorlar raqiblari ustidan ishonchli gʻalaba qozonib, davlatimiz bayrogʻini yuqoriga koʻtardilar.

Ketma-ket yurtdoshlarimiz gʻalabasi sabab yuqori kayfiyatda oʻtgan sport oqshomi elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlar bilan yanada koʻtarinkilik kasb etdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati