Faxriylar doimo e’tibor va e’zozda

0
1120

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan faxriyar holidan xabar olinmoqda.

Xususan, kuni kecha harbiy xizmatchilar Farg‘ona harbiy gospitali harbiy shifokorlari hamrohligida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi urush faxriylari xonadonlariga tashrif buyurdi. Harbiy shifokorlar tomonidan faxriylarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ularga zaruriy dori-darmonlar topshirildi.

Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari bilan birgalikda Andijon shahrida istiqomat qiluvchi urush faxriysi Aleksandr Vaselevskiy holidan xabar olindi. Aleksandr Vaselevskiy bilan dildan suhbat qurilib, zaruriy yordam ko‘rsatildi.

Okrug faxriylar kengashi a’zolari, Farg‘ona viloyat hokimligi vakillari hamda harbiy orkestr jamoasi esa Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi 102 yoshni qarshilagan urush faxriysi Orifjon ota Mo‘minov xonadonida bo‘lib, bir asrdan ortiq umrni yashab qo‘ygan otaxonni tavallud ayyomi bilan tabrikladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati